Sun’iy urug’lantirish amaliyotlarida muvaffaqiyatga ta’sir ko’rsatuvchi eng muhim unsurlardan biri, embriologiya laboratoriyasining sifati va embriologlarning professionalligidir. Bahcheji kompaniyasi investisiyalarining bir qismini texnologik infrastrukturasini doimiy ravishda rivojlantirish va embriologiya laboratoriyalarini, eng oxirgi texnologiyalarga mos jihozlar bilan kuchaytirish uchun sarflamoqda.
Reproduktiv tibbiyot sohasidagi eng oxirgi natijalar, Bahcheji kompaniyasining laboratoriyalari mavjud bo’lgan davlatlarda birinchi bo’lib Bahcheji laboratoriyalarida bemorlarning xizmatiga taqdim qilinmoqda. Shu bois boshqa hech qaysi markazda qo’llanilmagan test va usullar Bahcheji kompaniyasida qo’llanilmoqda.
Har biri yuqori saviyada tajribaga ega bo’lgan 40dan ortiq embriolog va laboratoriya texnik xodimlari xizmat ko’rsatayotgan markazlarimizda samaradorligi isbotlangan barcha usul va texnikalar muvaffaqiyatli ravishda qo’llanilmoqda. Ayni paytda tomonimizdan amalga oshirilayotgan xalqaro ilmiy hamkorliklarimiz bilan bemorlarimizga yanada samarali muolaja imkoniyatlarini taklif qilish uchun qilayotgan harakatlarimiz to’xtovsiz davom etmoqda.