Sperma Muzlatish

Sperma Muzlatish Nima?

Spermani muzlatish – kelajakda EKU davolashda foydalanish uchun odamdan olingan spermani laboratoriya muhitida muzlatish jarayoni.

Spermani muzlatish quyidagi holatlarda qo’llanilishi mumkin:

– Saraton kasalligini davolashda kimyoterapiyani qo’llashdan oldin,
– Sperma hujayralariga zarar etkazishi mumkin bo’lgan dori-darmonlarni yoki jarrohlik amaliyotidan oldin,
– Sperma soni kam bo’lgan bemorlarda va kelajakda sperma olish qiyin bo’lishi mumkun bo’lgan bemorlarda.
– Tasodifiy o’murtqa shikastlanishlar tufayli ejakulyatsion muammolar bo’lgan erkaklarda,
– EKU bilan davolanish jarayonida spermani muzlatish protsedurasi, agar erkak EKU markazida bo’lolmasa yoki biron bir sababga ko’ra sperma bermasa, qo’llanilishi mumkin.

Spermani muzlatish qanday amalga oshiriladi?

1. Sperma yig’ish

Spermani muzlatish uchun erkakdan sperma namunasini olish kerak. Sperma namunasini ikki xil usulda olish mumkin. Birinchidan, siz bizning klinikalarimizdagi sperma yig’ish xonalarida masturbatsiya usuli yordamida sperma berishingiz mumkin. Agar sperma soni kam bo’lsa yoki bemor masturbatsiya bilan sperma bera olmasa, jarrohlik yo’li bilan sperma namunasi olinadi. MESA, TESA, PESA jarayonlarida moyakdan sperma to’planishi mumkin. Ushbu muolajalar lokal yoki umumiy behushlik ostida amalga oshiriladi.

Sperma berishdan oldin, 3 kun davomida jinsiy aloqadan voz kechish kerak. Bu davrda erkak jinsiy aloqada bo’lmasligi yoki masturbatsiya orqali eyakulyatsiya qilmasligi kerak. Sperma sonini ko’paytirish uchun 3 kundan ko’p kun jinsiy aloqadan uzoq turish noto’g’ri. Chunki vaqt o’tgan sayin sperma soni ko’payadi lekin sperma harakatchanligi va sifati esa pasayadi.

2. Sperma Tahlil

Yig’ilgan sperma muzlatishdan oldin tekshiruv qilinadi. Urug’larni tahlil qilishda; sperma soni, harakatchanligi va tuzilishi baholanadi. Shunday qilib, sog’lom sperma tanlanadi va muzlatiladi. Normal qabul qilingan sperma qiymatlari jadvaldagidek:

PARAMETR NORMAL QİYMATLAR
Hajmi >2.0ml
Sperma kontsentratsiyasi >20 million sperma / ml
Normal morfologiyasi(shakli) >14%
Harakatchanlik >50%

Agar olingan sperma namunasi kerakli sifatga ega bo’lmasa, shifokor sizdan yana bir marta sperma namunasini berishingizni so’rashi mumkin. Sperma tahlilini o’tkazgandan so’ng, spermatozoidlarni maxsus shakllantirilgan suyuqlik yordamida -197 daraja muzlatiladi. Sizning sperma ko’p yillar davomida suyuq azotda xavfsiz saqlanadi.

Spermani muzlatish jarayoni qayerda amalga oshiriladi?

Spermani muzlatish jarayonini samarali va xavfsiz qilish uchun ushbu xizmatni taqdim etadigan markazda tajribali guruh va kuchli texnologiyasi bo’lgan laboratoriya bo’lishi kerak. Biz tibbiy guruhimizda barcha tasdiqlangan usullarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqdamiz. Bizning tajribamiz va texnologiyamiz tufayli, spermani muzlatish va eritish jarayonlarida muvaffaqiyatli natijalarga erishmoqdamiz.

Sperma muzlatish narxi qanday?

Qonunda talab qilinganidek, sperma muzlatish narxlari haqidagi ma’lumotni veb-saytimizda e’lon qila olmaymiz. Bizning narx haqida ma’lumotlarini olish va shifokorlarimiz bilan bepul konsultasya uchun biz bilan bog’lanish formasini to’ldirishingiz mumkin yoki 444 39 49 raqamiga biz bilan bog’lanishingiz mumkin.

Изпращаме днешната щастлива новина на 8 245 километра!

Изпращаме днешната щастлива новина на 8 245 километра! ✈✨ Предадохме добрата новина …

Devamını Oku

Добри новини за Казахстан!

Добри новини за Казахстан! 👉AMH: 0, 1 👉Намален яйчников резерв 📌12 годишен …

Devamını Oku

Днес изпращаме хубави новини в Иран!

👉5 неуспешни опита в чужбина 👉Намален яйчников резерв 👉 Генетично сортиране с …

Devamını Oku

Bahcheci Onasi uchun o’g’illaridan kutilmagan sovg’a!

Bahcheci Onasi uchun o'g'illaridan kutilmagan sovg'a! 🎉 Shennur Xonim Bahçeci Markaz Klinikamizda, …

Devamını Oku

Dunyoning ko’p joylariga bergan xushxabarimiz RUMINIYA bilan davom etmoqda

Spermatozoid omil tufayli muvaffaqiyatsiz urinishlari bo'lgan bemorimizga qo'llanilgan, dori davolash bilan PESA …

Devamını Oku

Mo’jizalarimiz uzoqda emas!

Bu safar xushxabar Sharqiy Afrikaga yo'l oldi. 🌟 Orzulari uchun uzoq-yaqindan kelgan …

Devamını Oku

Mana, Bahçeci Istanbul bilan BIRINCHI HARAKATDAGİ MO’JIZA XABAR! ❣️ | Bahçeci Tüp Bebek

Mana, Bahçeci Istanbul bilan BIRINCHI HARAKATDAGİ MO'JIZA XABAR! ❣️ Har kishiga …

Devamını Oku

Azospermiya (nol erkak urugi bulganlar) ota bo’lishga to’sqinlik qilmaydi!

🌟Azospermiya🌟 (nol erkak urugi bulganlar) ota bo'lishga to'sqinlik qilmaydi! Bizning juftlik …

Devamını Oku

Bepul konsultasya

SIZGA QO'NG'IROQ QILAYLIK

Shifokorlar bilan bepul konsultasya uchun telefon raqamingizni qoldiring, sizga qo'ng'iroq qilaylik.

SIZGA QO'NG'IROQ QILAYLIK
Telefon:

yoki biz bilan +90 549 821 9204 raqamindan bog'lanishingiz mumkin.

Telegram bilan bog'lanish uchun shu yerni bosing
Telegram
Messenger
Sizga qo'ng'iroq qilaylik
Ən qısa zamanda sizə zəng edək:

[dynamichidden utmForm "CF7_get_post_var key='title'"]