Urinishlaringiz Muvaffaqiyatsiz Bo‘ldimi?

Ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU) muolajasi muvaffaqiyatsiz yakunlangach, er-xotin o‘zlarini ham jismonan, ham ruhan horg‘in his qiladigan davrni boshidan o‘tkazadi. Umidsizlik hissi kuchaygan bu davrda EKU muolajasini yana bir bor sinab ko‘rishni istamasligingiz mumkin. Biroq unutmang: muvaffaqiyatsiz urinish yoki urinishlar aslo farzand ko‘ra olmaysiz degan ma’noni bildirmaydi.

Ekstrakorporal urug‘lantirish muolajasi muvaffaqiyatli chiqishi uchun eng avvalo farzandli bo‘lishingizga nima to‘sqinlik qilayotganini aniqlash lozim. Bepushtlikka sabab bo‘lgan omillarni jinsga ko‘ra ajratganimizda, 30-40 foiz holatlarda ayolga bog‘liq omillar, 40-50 foiz holatlarda esa erkakka bog‘liq omillar mavjudligi aniqlandi. Shu bilan birga 25 foiz holatlarda bepushtlikka ham erkak, ham ayolga bog‘liq omillar sababchi ekani ma’lum bo‘ldi, 15-20 foiz holatlarda esa hech qanday sabab aniqlanmadi.

Muvaffaqiyatni orttiruvchi usullarimiz homiladorlik ehtimolini oshiradi!

Ekstrakorporal urug‘lantirish muolajalarining qayta-qayta muvaffaqiyatsiz bo‘lishida er-xotinga bog‘liq sabablar bilan birga tibbiy markaz tanlash ham muhim ahamiyatga ega. Tajribali jamoa va ilg‘or laboratoriya muhiti muvaffaqiyatli natijaga erishish yo‘lida eng muhim mezonlarning avvali hisoblanadi.

Bahcheji Ekstrakorporal Urug‘lantirish Markazidagi ilg‘or embriologiya laboratoriyamiz yordamida ayniqsa og‘ir holatlarda Yevropa standartlaridan yuqori muvaffaqiyat ko‘rsatkichlariga erishganmiz. Oksford universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan ilmiy hamkorligimiz doirasida ayollardagi bepushtlik sabablarini tekshirib, ilmiy yangiliklarni yaqindan kuzatib bormoqdamiz. Har hafta o‘tkaziladigan “40 shifokor uchrashuvi”da holatlar bo‘yicha faqatgina bir shifokorning fikri bilan cheklanib qolmay, barcha shifokorlarning fikrlarini o‘rganamiz.

Muvaffaqiyatni orttirish uchun markazimizda qo‘llanayotgan usullar

Ekstrakorporal urug‘lantirish qayta-qayta muvaffaqiyatsiz kechgan er-xotinlar uchun ERA tahlili

Endometriy sezgirlik tahlili (ERA, Endometrial Receptivity Assay) ayniqsa yaxshi sifatli embrion rivojlangan bo‘lishiga qaramay, homiladorlik yuz bermagan holatlarda samarali natijaga olib keladi. Sog‘lom homiladorlik boshlanishi uchun embrionning sifati bilan birga bachadon ichida embrionni ushlab turadigan endometriy ham muhimdir. ERA tahlili yordamida embrionni o‘tkazish uchun bachadonning eng mos vaqti aniqlanib, homiladorlikning ehtimolini orttirish mumkin. Tahlildan keyingi ko‘rsatkichlar muolaja dasturi va embrionni o‘tkazish kunini o‘zgartirgan holda homiladorlik ehtimolini orttirish mumkinligini ko‘rsatadi.

Genetik omilli muvaffaqiyatsilikka qarshi NGS

NGS (Next generation sequencing) – yangi avlod sekvenirlash texnologiyasi emrionning batafsil va tezkor tekshirilishini ta’minlaydi. Bu usul bilan xromosoma darajasida benuqson va homiladorlikka olib kelish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan embrionlar aniqlanadi. Barcha xromosomalarning tekshirilishiga imkon beruvchi NGS bilan embrionning bachadonga bog‘lanish ehtimolini 80 foizgacha oshirish mumkin.

Bahcheji Markazi sifatidagi ustuvor maqsadimiz bemorlarimizga yangi texnologiyalar va amaliyotlarni dunyoning nufuzli markazlari bilan bir paytda taqdim etishdir. Ana shu fikr bilan harakat qilgan holda markazi Ispaniyada joylashgan va genetik tashxis bo‘yicha dunyodagi sanoqli kompaniyalardan biri hisoblanuvchi Igenomix bilan amalga oshirilgan hamkorlikdagi faoliyat natijasida 2016-yildan beri NGS va Mitoscore singari ekstrakorporal urug‘lantirish muolajasida inqilobiy texonologiyalarni markazimizda tatbiq etib kelmoqdamiz.
NGS texnologiyasini ayniqsa quyidagi holatlarda tavsiya etamiz:

• homila qayta-qayta tushib qolaveriganida;
• ekstrakorporal uruglantirish urinishlari qayta-qayta muvaffaqiyatsiz tugaganida;
• katta yoshdagi bemorlar uchun.

Mitoscore yordamida serg‘ayrat embrionlar va yuqori darajali muvaffaqiyat

Embrionlarni mitoxondriya darajasida tekshiradigan Mitoscore tahlili yordamida bachadonda qolish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan, eng serg‘ayrat embrionni aniqlashimiz mumkin. Shu tariqa embrionni o‘tkazgandan keyin homiladorlik ehtimolini orttirgan bo‘lamiz. Embrionni o‘tkazish amalga oshirilmasidan avvaloq embrionlardagi genetik meros muolajada muvaffaqiyatsizlikka yoki homilaning barvaqt tushib qolishiga olib keladigan bo‘lsa, ana shu usul yordamida osonlik bilan aniqlash mumkin. Shunday qilib, homiladorlik ehtimoli 70 foiz atrofida bo‘ladi.

Embrioskopiya sharofati bilan embrionlaringiz xavfsizlikda

Embrionlarning rivojlanishi haqida batafsil ma’lumot beruvchi embrioskopiya usulini Turkiyaga birinchi bo‘lib olib kelgan va qo‘llagan markaz biz ekanimizdan baxtiyormiz. Embrioskopiya texnologiyasi yordamida embrionlaringizni 7 kun 27 soat davomida embriyoskopdan chiqarmasdan tekshirish va sifatlarini mos ravishda aniqlash mumkin. Ayni paytda dunyodagi eng dinamik kuzatuv tizimi hisoblanuvchi embrioskopiya tufayli homiladorlik bo‘yicha muvaffaqiyatga erishish darajasi jiddiy ravishda ortdi.

Bachadonga dam berish orqali homiladorlik ehtimolini orttirish

Oxirgi yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda tuxumhujayralarni kattalashtirish uchun ishlatiladigan dorilar davolash muddatida bachadon ichidagi endometriyga muayyan darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aniqlandi. Bu salbiy ta’sirni bartaraf etish uchun hosil bo‘lgan embrionlarni muzlatib qo‘yib, muolajani 1-2 oyga to‘xtatamiz. Bu vaqt davomida yuqorida aytib o‘tilgan dorilarning ta’siri yo‘qoladi va bachadon dam olgan bo‘ladi.

Bachadonga dam berish usuli muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun embrionlarni o‘ta yuqori darajali muvaffaqiyat bilan muzlatish va zarur paytda zarar yetkazmagan holda eritish zarur. Embrion yangi o‘tkazilgan bemorlar bilan taqqoslaganda, bachadonga dam berish usuli qo‘llangan bemorlarda homiladorlik ehtimoli 5-15 foiz ko‘proq bo‘ladi.

Sog‘lom spermatozoidlarni tanlaydigan IMSI usuli

Odatda mikroinyeksiya uchun ishlatiladigan mikroskoplar spermani 400 baravar kattalashtirib, spermatozoid tanlashga yordam beradi. IMSI (Intracytoplasmic morphologically selected sperm injection – Intrasitoplazmatik morfologik tanlangan spermatozoid inyeksiyasi) usulida esa maxsus linza va kompyuter dasturidan foydalangan holda sperma 6.600 baravargacha kattalashtiriladi. Shu orqali spermatozoidning morfologiyasini yaxshiroq baholash mumkin. IMSI usulida mikroskopning xususiyati bilan birga bu usulni qo‘llayotgan embriologning bilimli va tajribali bo‘lishi ham katta ahamiyatga ega. Yanada sog‘lom spermatozoidlarni tanlash orqali ham urug‘lanish, ham homiladorlik ehtimoli oshadi. Ayniqsa erkaklardagi bepushtliklarda yoki sababi noma’lum bepushtlik holatlarida qo‘llanadigan IMSI usulini har bir bemorimizga bepul taqdim etamiz.

Bepul konsultasya

SIZGA QO'NG'IROQ QILAYLIK

Shifokorlar bilan bepul konsultasya uchun telefon raqamingizni qoldiring, sizga qo'ng'iroq qilaylik.

SIZGA QO'NG'IROQ QILAYLIK
Telefon:

yoki biz bilan +90 549 821 9204 raqamindan bog'lanishingiz mumkin.

Telegram bilan bog'lanish uchun shu yerni bosing
Telegram
Messenger
Sizga qo'ng'iroq qilaylik
Ən qısa zamanda sizə zəng edək:

[dynamichidden utmForm "CF7_get_post_var key='title'"]