ILMIY | TADQIQOT VA TAJRIBA | KONSTRUKTORLIK IShLAB ChIQIShLAR

Bizning maqsadimiz 1996 yildan beri ayol sog’lig’i (ginekologiya), tug’ruq va ekstrakorporal urug’lantirish sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan Bahcheji Tibbiy Firmalar Gruppasi sifatida eng yangi uslublarni qo’llagan holatda dunyo standartlarida bemorlarimizga mavjud bo’lgan eng ilg’or saviyalarda xizmat ko’rsatish.

Ushbu falsafa chegarasida ilmiy tadqiqot laboratoriyamiz 2010 yilda Fulya Bahcheji Ekstrakorporal Urug’lantirish Markazida ayol sog’lig’i (ginekologiya) va yordamchi reproduksiya uslublari sohasida nafaqat xizmat balki shu bilan birga yangiliklar ixtiro qiluvchi firma bo’lish maqsadida tashkil topgan.

Ilmiy tadqiqot laboratoriyamiz tashkil topgan kundan beri e’tiborini “bemor mamnuniyatiga” yo’naltirgan holatda yanada ko’proq juftliklarning sog’lom farzand ko’rishi uchun harakat qilib, har bir bemor uchun alohida muolaja va protokol ishlab chiqish, bemorlarga klinik va laboratoriya etapida eng so’nggi texnologiyalarni samarali shaklda tatbiq etish va yaqin kelajakda muolajalarga ijobiy hissa qo’shuvchi yangi choralarni ishlab chiqish maqsadida tadqiqot loyihalarni amalga oshirishni o’z oldiga birlamchi vazifa etib qo’ygan.

Ilmiy va texnologik yangiliklarga/rivojlanishga doimo ochiq bo’lish kerakligini anglaydigan tashkilotimiz dunyodagi rivojlanishlarni ham yaqindan kuzatib bormoqda va reproduktiv tıbbiyot va genetika sohasida ilg’or firmalar bilan texnologik hamkorlik va umumiy ilmiy izlanishlar olib borib o’lkamizda va yaqin atrof geografiyasida o’z sektorida ilg’orlik pozitsiyasini saqlab kelmoqda.

Bahcheji Tibbiyot Kompaniyalari Gruppasi bepushtlik muolajasining ko’p tarmoqli va ilmiy struktura talab qilishiga ishonib kompaniyalar gruppasining tajribali shifokor va olimlaridan tashkil topgan komandasi bilan birga Oksford, Strasburg va Parij universitetlari kabi o’z sohasining peshqadami bo’lgan mashxur xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borib, bepushtlikka olib keluvchi sabablar va yaqin kelajakda taqdim etilishi mumkin bo’lgan yangi diagnoz va muolaja yondoshuvlari ustida ham izlanish olib bormoqda.

Muolajdan so’ng olingan yuqori ko’rsatkichli muvaffaqiyat va muassasamizda muolaja olayotgan juftlarning bizga ko’rsatgan qo’llab quvvatlashi va kuchi bilan ilmiy tadqiqot ishlarimiz natijasida biz qozongan innovatsiya madaniyatini umumiy sifat boshqaruvi bilan birlashtirib juftlarimizga yuqori muvaffaqiyatli va eng yaxshi xizmat ko’rsatish bizning doimo asosiy prinsipimizdir.

Telegram bilan bog'lanish uchun shu yerni bosing
Telegram
Messenger
Sizga qo'ng'iroq qilaylik
Ən qısa zamanda sizə zəng edək:

[dynamichidden utmForm "CF7_get_post_var key='title'"]