Farzandingiz Bolgan Yo’qmi?

Sizning ongingizda ko’plab savollar bo’lishi mumkin, masalan, nega bizda farzand yo’q, homilador bo’lish uchun nima qilishim kerak va homilador bo’lish uchun davolanishni boshlashim kerakmi?. Ularga javob berish uchun avval bepushtlik sababini bilishiniz kerak.

Homilador bo’lish uchun nima qilishim kerak?

Bola bo’lishni istagan er-xotin haftada kamida ikki marta himoyalanmagan jinsiy aloqada bo’lish tavsiya etiladi. Ayniqsa ovulyatsiya paytida, jinsiy aloqada bo’lish homilador bo’lish ehtimolingizni sezilarli darajada oshiradi. Agar siz muntazam ravishda hayz ko’rsangiz, homilador bo’lish uchun eng munosib davr sizning davringizning birinchi kunidan boshlab 10 va 16 kun orasida. Ovulyatsiya kunini kuzatib, homiladorlik ehtimolini ortirishingiz mumkin.

Bola bo’lishni istagan oila, shuningdek, ularning dietasiga va turmush tarziga e’tibor berishlari kerak. Agar siz sigareta va spirtli ichimliklar iste’mol qilsangiz, bu yomon odatlardan imkon qadar tezroq xalos bo’lishga harakat qilishingiz kerak. “Bizda bola bo’lishi kerak” yoki “yana bolmadi” kabi xavotirli fikrlardan qochish va yurish kabi oddiy mashqlar bilan stressni kamaytirish ham homiladorlikning muvaffaqiyatiga ta’sir qiladi.

Men homilador bo’la olmayatkanman. Men shifokorga borishim kerakmi?

Zarur vaqt davomida muntazam jinsiy aloqa bo’lsa-da, homiladorlik amalga kelmasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Homiladorlikning amalga kelmasligi ba’zan erkak tufayli, ba’zan ayol sabablari bilan bog’liq bo’lsa-da, ba’zida bepushtlik sababini aniqlap bolmaydi.
Qanday bo’lmasin, bu davrda mish-mishlar va ovoza axborot bilan to’ldirilgan ma’lumotlarga iltibor qilmayish kerak va homilador bo’lish uchun shifokor nazoratiisiz sotiladigan dorilar ishlatilmasligi kerak.
Shifokoringiz tekshiruvdan va kerakli testlardan kiyin homilador bo’lish uchun to’siqni aniqlaydi va sizga eng mos keladigan davolanishni boshlaydi.

Farzand Ko’rolmaydiganlar Uchun Davolash Usullari.

Homilador bo’lish uchun davolanishni boshlamoqchi bo’lgan er-xotin Ekstrakorporal urug’lantirish (EKU) markaziga murojaat qilishlari kerak. Ekstrakorporal urug’lantirish markazini tanlashda shifokorlarning tajribasiga va markazning muvaffaqiyat darajasiga e’tibor berish juda muhimdir. Agar siz Baxçeci EKU davolash markazini tanlasangiz, bizning shifokorimiz siz bilan oldindan suhbat o’tkazadi va shundan so’ng siz kerakli tekshiruvlardan o’tasiz. Qo’llaniladigan ayrim testlarning natijalari tekshiriladi. Bizning markazimizda har bir er-xotin muammolari har xil jihatdan baholanadi va “shaxsiylashtirilgan” davolash dasturlari qo’llaniladi.

Bo’lajak ona uchun ovulyatsiya ta’qibi.

Ba’zi hollarda bo’lajak onaning tuxumlarini rivojlanishini ma’lum dorilar bilan yoki bo’lmasdan kuzatish mumkin. Er-xotin ushbu ta’qib asosida belgilangan kunlarda jinsiy aloqa bo’lish, homilador bo’lish ehtimolini oshiradi.

Bo’lajak otani davolash

Dori-darmonlar yordamida ota nomzodining sperma soni yoki sperma harakati oshiriladi.

Sun’iy urug’lantirish

Mavjud muammolar turli muolajalar bilan bartaraf etilgan bo’lsa-da, ammo homiladorlik hali ham amalga oshirilmasa, sun’iy urug’lantirish mumkin.

Oddiy va tezkor usul bo’lgan sun’iy urug’lantirishni amalga oshirish uchun erkakdan sperma va ayoldan tuxum talab qiladi. Agar sun’iy urug’lantirish maqsadga muvofiq deb topilsa, bo’lajak ona hayz ko’rishning 3-kunida shifokorga murojaat qilishi kerak. Ushbu tekshiruvda tuxumdonlarning holati tekshiriladi va kerak bo’lganda tuxumdonlarning kattalashishi uchun gormonal dorilar qo’llaniladi. Eng yuqori sifatli va homiladorlikka erishish ehtimoli bo’lgan spermatozoidlar tanlanadi va kateter yordamida bachadonga o’tkaziladi.

Ekstrakorporal urug’lantirish (EKU) Davolash

Agar ushbu muolajalardan keyin homiladorlik hali amalga oshirilmasa, EKU bilan davolash tavsiya etiladi. Shifokor er-xotin bilan batafsil suhbatdan so’ng, o’tgan yoki hozirgi kasalliklar, tekshiruvlar va davolanish haqida ma’lumot beradi. Ushbu tekshiruvdan so’ng er-xotin uchun maxsus davolash rejasi tuziladi.

EKU markazini tanlashda nimaga e’tibor berishim kerak?
EKU markazini tanlashda siz quyidagi fikrlarga e’tibor berishingiz kerak:

1. Markazning muvaffaqiyat darajasi.
2. Texnologik jihozlar
3. Ushbu sohada tajribasini isbotlagan jamoa

Bahçeci EKU markazi sifatida, 24 yillik tajribaga ega va 70.000 dan ortiq sog’lom EKU chaqaloqlari bilan Yvropa standartlaridan yuqori muvaffaqiyat darajasiga egamiz.

Bepushtlik davolash haqida savollar berish, aloqa narhlari va davolash jarayoni haqida batafsil ma’lumot olish uchun biz bilan bog’lanish formasini to’ldiring va biz sizga qo’ng’iroq qilaylik.

Bepul konsultasya

SIZGA QO'NG'IROQ QILAYLIK

Shifokorlar bilan bepul konsultasya uchun telefon raqamingizni qoldiring, sizga qo'ng'iroq qilaylik.

SIZGA QO'NG'IROQ QILAYLIK
Telefon:

yoki biz bilan +90 549 821 9204 raqamindan bog'lanishingiz mumkin.

Telegram bilan bog'lanish uchun shu yerni bosing
Telegram
Messenger
Sizga qo'ng'iroq qilaylik
Ən qısa zamanda sizə zəng edək:

[dynamichidden utmForm "CF7_get_post_var key='title'"]