Takroriy bortlar

Takroriy bortlar

O’zingizni qiziqtirgan ko’plab savollarga, masalan, takroriy homiladorlikdan keyin homilador bo’lish mumkinmi, takroriy homiladorlikning sabablari nimada, maqolamizdan javob topishingiz mumkin.

Takroriy abort nima?

Homiladorlikning 20-haftasidan oldin homilaning yo’qolish hodisasiga homilaning tushib qolishi deb aytiladi. Onalikka nomzod ayolning yoshi katta bo’lishi homilaning tushib qolishida muhim risk faktori hisoblanadi. Orqama orqa 3 va undan ortiq marta homilaning yo’qolishi yuz bergan hodisalarga esa takroriy homila tushib qolishi deb aytiladi va bu hodisaning yuz berish koeffisienti 1%dan iboratdir.

Takroriy Homila Tushib Qolishining Sabablari

Takroriy abortlarning sabablari

• Bachadondagi strukturaviy buzilishlar va bachadon bo’ynining yetarsizligi

• Xromosomal buzilishlar

• Infeksiyalar

• Gormonal buzilishlar

• Immunitet tizimi kasalliklari

• Atrof muhitga bog’liq va boshqa faktorlar

 

Takroriy homila tushib qolishi uchun qo’llaniladigan testlar bilan homilaning tushib qolish sababini aniqlash mumkin. Bu testlar quyidagilardir:

 

• Oilaviy juftlarning kariotip analizi yani qondagi xromosoma tekshiruvi.

• Bachadon bilan bog’liq muammolarni aniqlash uchun ultratovush diagnostikasi, bachadon rentgeni (gisterosalpingografiya) va kerak bo’lsa gisteroskopiya.

• Immunologik (immunitet tizimi bilan bog’liq) sabablarni aniqlash uchun qondagi antifosfolipid antikorlarining (lupus antikoagulyant, antikardiolipin antikorlari) tekshiruvi.

• Qalqonsimon bez testlari, och qondagi glyukoza yoki glyukozaga tolerantlik testi.

• Trombofiliyani (quyuqlashishga moyillik) aniqlash uchun ayolning qonidagi ba’zi omillarning (Antitrombin III, protein C, protein S, gomosistein, V Leyden faktori mutatsiyasi) o’rganish.

• Infeksiya tekshiruvi uchun vaginal ekish usuli.

Homila Tushib Qolishining Belgilar Nimalar?

Homilaning tushib qolishida eng ko’p uchraydigan belgi bu vaginal qon kelishidir. Qon kelishi dog’ holatidan boshlab ko’payib boradi va qon quyulib yig’ilib qolishi shaklida bo’lishi mumkin va shu bilan birga tortishib og’riq berishi ham mumkin. Homila tushib qolgan deb tashxis qo’yish uchun ultratovush diagnostik tekshiruvi yetarli bo’ladi. Qon kelishi ko’payib borib homila butunlay tashqariga chiqarib yuborilishi mumkin va bunday holatlarda ultratovushli diagnostika orqali ichkarida qolib ketgan to’qima yo’qligi aniqlansa va qon kelishi ko’p bo’lmasa abort qilmaslik ham mumkin. Lekin ba’zan homilaning bir qismi tashqariga chiqariladi xolos va bunday holatlarda abort yo’li bilan bachadonda qolib ketgan to’qimalar tozalab tashlanishi kerak.

Takroriy Homila Tushib Qolishi va Sun’iy Urug’lantirish Muolajasi

Farzand ko’rishni istaydigan juftliklarning 5%ga yaqin qismi takroriy homila tushib qolishi sababli farzand ko’ra olmaydılar. Sun’iy urug’lantirish muolajasi orqali genetik (irsiy) sabablarga ko’ra homila tushib qoladigan holatlarda ijobiy natijalar olish mumkin. Takroriy homila tushib qoladigan holatlarda an’anaviy sun’iy urug’lantirish muolajasidagi jarayonlar amalga oshiriladi. Olingan bir nechta embrionlarda PGS testi (preimplantasion genetik (irsiy) skanerlash) qo’llanilib genetik (irsiy) nuqtai nazardan eng sog’lom embrionlar tanlab olinadi. Shu yo’l bilan homilador bo’lish ehtimoli oshadi.

Markazlarimizda qo’llaniladigan “individual muolaja” uslublari yordamida homilaning tushib qolishiga sabab bo’luvchi omillar aniqlanib onalikka nomzod shaxs uchun mos keluvchi eng to’g’ri muolaja rejalashtiriladi. Rivojlangan embriologiya laboratoriyamiz va o’z sohasining ustasi bo’lgan shifokor va embriologlarimizning puxta ishlashi natijasida eng og’ir holatlarda ham homiladorlik muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Takroriy homila tushib qolishi bilan bog’liq batafsiz ma’lumot olish uchun biz bilan bog’lanib, shifokorlarimizdan birlamchi konsultasiya olishingiz mumkin.

Sizga qönğiroq qilaylik

Keling, sizga maslahat bermoqchi bo'lgan masalalar bo'yicha imkon qadar tezroq qo'ng'iroq qilaylik.

Sizga qönğiroq qilaylik


    2024 Barcha huquqlar himoyalangan.

    Takroriy bortlar

    Sizga qönğiroq qilaylik

    Telefon raqamingiz:

      Yoki bizga +90 536 598 37 82 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanishingiz mumkin.


      Back
      Whatsapp
      Telegram
      Sizga qönğiroq qilaylik
      Bizga qo'ng'iroq qiling
      Messenger

        Yoki bizga +90 536 598 37 82 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanishingiz mumkin.