Tabiiy yo’llardan farzand ko’rish uchun juftlik 1 yil bo’yicha muntazam ravishda va homiladorlikning oldini oluvchi vositalar qo’llanmasdan jinsiy aloqa qilishi kerak. Homilador bo’lishda muhim rol o’ynovchi omillardan biri bu ayolning yoshi hisoblanadi. Onalikka nomzod ayolning yoshi 35dan katta bo’lgan taqdirda homila bo’lish uchun kutiladigan muddat 6 oydan iborat bo’lib, bu muddat bo’yicha homilador bo’la olmagan juftlikning sog’lig’i tekshirilishi va reproduktiv salohiyati aniqlanishi uchun shifokorga murojaat qilishi kerak bo’ladi. O’tkazilgan tekshiruvlar natijasida erkak yoki ayolda farzand ko’rish uchun to’siq mavjud bo’lsa bu juftlikka farzand ko’rish uchun sun’iy urug’lantirish muolajasi tavsiya qilinadi.

Sun’iy urug’lantirish markazi tomonidan o’tkazilayotgan jarayon erkak yoki ayolda bepushtlik bo’lsa ham juftlikning farzand ko’rishi uchun imkoniyat beradi. Taxminan 15-18 kungacha davom etadigan sun’iy urug’lantirish muolajasidan so’ng onalikka nomzod ayolning qonidagi Beta HCG (insonning koryonik gonadotropini) saviyasi tekshirilib homiladorlik testi amalga oshiriladi. Homiladorlik testi musbat chiqqan taqdirda homiladorlik tabiiy yo’l bilan bo’lgan homiladorlik kabi odatiy holatda davom etadi. Sun’iy urug’lantirish muolajasida ayolning yoshi judayam mühimdir.

Boshqacha qilib aytganda birinchi marta sun’iy urug’lantirish muolajasi olgan juftlikda homilador bo’lish ko’rsatkichi 20-30 yosh orasidagi kishilarda 70% bo’lsa 40-42 yosh orasidagi ayollarda bu ko’rsatkich 20% gacha pasayadi. Farzand ko’rish uchun yordamchi sun’iy urug’lantirish usulini 45 yoshgacha qo’llanilishi mumkin bo’lib, odatda 3 martadan ko’p qo’llanmaslik tavsiya qilinadi. Eng ko’p so’raladigan “Sun’iy urug’lantirish muolajasining etaplari nimalardan iborat? savolini so’rashdan oldin “Sun’iy urug’lantirish nima” degan savolga javob topish kerak bo’ladi.

Sun’iy Urug’lantirish Nima?

Ekstrakorporal urug’lantirish (IVF) nomi bilan ham ma’lum bo’lgan sun’iy urug’lantirish muolajasini, ota va onalikka nomzodlarning reproduktiv hujayralarini laboratoriya muhitida birlashtirish yo’li bilan homila paydo bo’lishini ta’minlash deb ta’riflasa bo’ladi. Sun’iy urug’lantirish muolajasidan oldin 35 yoshdan kichik juftlikning 1 yil, bu yoshdan katta juftlikning esa 6 oy bo’yicha muntazam oraliqlarda homiladorlikning oldini oluvchi vositalar qo’llanmadan jinsiy aloqa qilishi tavsiya qilinadi. Shunda ham homila paydo bo’lmagan taqdirda farzand ko’rish uchun yordamchi sun’iy urug’lantirish muolaja usulini qo’llash mumkin.

Sun’iy urug’lantirish muolajasi uchun avvalambor onalikka nomzod ayolda gormon muolajasi amalga oshiriladi. Bu gormonlar kishining tuxum hujayralarining yetilishini ta’minlaydi. Yetilgan va yorilgan tuxum hujayralari OPU (tuxum hujayra to’plash) deb nomlangan usul bilan to’planadi. Bu etapda otalikka nomzod kishidan sperma namunasi olinadi. Sperma hujayrasi laboratoriyada bak ekish muhitiga joylashtirish yoki mikroinyeksiya yo’li bilan to’g’ridan to’g’ri tuxum hujayraning ichiga kiritilib urug’lantirish hodisasining yuz berishi ta’minlanadi. Urug’lantirilgan tuxum hujayradan hosil bo’lgan embrionlarning orasidan eng sog’lomi tanlab olinadi va onalikka nomzod ayolning bachadoniga kiritiladi.

Embrion ko’chirish deb nomlanadigan bu usuldan so’ng sun’iy urug’lantirish muolajasi tamomlangan deb hisoblanadi. Ko’pchilik so’raydigan “Sun’iy urug’lantirishning etaplari nimalardan iborat? savoliga qisqacha qilib yuqoridagi javobni berish mumkin. Muolaja tugatilgandan so’ng 2 hafta o’tib onalikka nomzod ayolda homiladorlik testi amalga oshiriladi. Beta HCG saviyasini o’lchash yo’li bilan amalga oshiriladigan bu test natijasi musbat chiqishi bilan homiladorlik davri boshlanadi.

Homilador Bo’la Olmayapman, Sun’iy Urug’lantirish Muolajasi Sinab Ko’raymi?

Ayolning tabiiy yo’l bilan homilador bo’lishi uchun reproduktiv organlari bilan birga boshqa organlarning va gormonal muvozanatning sog’lom shaklda va bir biriga uyg’unlikda ishlashi lozim. Miyada joylashgan gipotalamus endokrin bezining bir turi bo’lgan va miyada joylashgan gipofiz bezini qo’zg’atishi natijasida gipofiz bezi LH (Luyteinlovchi gormon) va FSH (Follikula stimullovchi gormon) gormonlarini ishlab chiqaradi. Qon aylanishi vositasida tuxumdonlarga yetib borgan gormonlar, tuxumdon zaxirasidagi tuxum hujayralarining bir qismini yetilishini ta’minlaydi. Yetilgan tuxum hujayralar xalta rolini o’tovchi follikulalarni yoradi va eng sog’lom bo’lgan tuxum hujayrasi tuxumdon va bachadon orasida tunnel vazifasini o’taydigan fallop naychalariga chiqariladi.

Ayolning tuxum hujayrasi taxminan 24 soat yashaydi. Erkakning reproduktiv hujayrasi sperma esa ayol tanasida 4-5 kungacha yashay oladi. Ovulyatsiyadan oldin yoki ovulyatsiya vaqtida jinsiy aloqa qilingan taqdirda fallop naychalariga kirgan sperma hujayralari tuxum hujayrasini bu yerda urug’lantiradi. Bu jarayon davomida ichidan tuxum hujayra chiqqan follikula estrogen gormoni ishlab chiqaradi. Bachadon ich devori yoki boshqacha aytganda endometriyning qalinlashuvini ta’minlovchi estrogenning ishlab chiqarilishi natijasida urug’langan tuxum hujayradan hosil bo’lgan embrion bachadonga tutinadi. Shunday qilib homiladorlik boshlanadi. Bu jarayon davomida ayoling tanasida farzand ko’rish uchun to’siq hosil qiluvchi ko’plab muammolar chiqishi mumkin.

Erkak kishining bepushtligi ham homila paydo bo’lishi uchun to’siq bo’lishi mumkin. Shuning uchun 1 yil muddat bo’yicha muntazam ravishda va homiladorlikning oldini oluvchi vositalar qo’llanmasdan jinsiy aloqa qilganiga qaramasdan homila bo’lmagan juftlar shifokorga murojaat qilib sog’lig’ini tekshirtirishi lozim bo’ladi. Shunday qilib eng ko’p so’raluvchi “Qachon sun’iy urug’lantirishni amalga oshirish kerak?” degan savolga ham yuqoridagi kabi javob berish mumkin. Juftlikning farzand ko’rish qobiliyatini cheklovchi holat aniqlangandan so’ng sun’iy urug’lantirish muoalajsini boshlash mumkin. Sun’iy urug’lantirish muolajasini qo’llamoqchi bo’lgan juftlarning soraydigan savollaridan yana biri esa “Abort qilingandan so’ng qachon sun’iy urug’lantirish muolajasini amalga oshirsa bo’ladi?” mazmunidadir.

Abortdan So’ng Qachon Sun’iy Urug’lantirish Muolajasini Amalga Oshirish Mumkin?

Tashxis va muolaja maqsadida qilingan abortdan tashqari homilani olib tashlash uchun ham abort qilish mumkin. Abort homila tushib qolgan taqdirda bachadonning ichida qolib ketgan to’qima qoldiqlarini tozalash, hayz ko’rishda kuchli qon ketishning sabablarini aniqlash kabi sabablar bois amalga oshirilib umumiy yoki lokal anesteziya bilan bajariladi. 5-15 daqiqa davom etadigan bu muolajadan so’ng ayolga 15 daqiqa dam olishi tavsiya qilinadi. Abortdan so’ng sun’iy urug’lantirish muolajasi uchun taxminan 3 oy kutish lozim.

Gisteroskopiyadan So’ng Qachon Sun’iy Urug’lantirish Muolajasini Amalga Oshirish Mumkin?

Sog’liq bilan bog’liq ko’plab muammolarning tashxisi va muolajasi uchun qo’llaniladigan gisteroskopiyaga bachadon ichi va fallop naychalarining bachadonga ochilgan bo’limini optik jihoz bilan ko’rish deb ta’rif berish mumkin. Tashxis qo’yish maqsadida amalga oshiriladigan gisteroskopiyada anesteziya qo’llanilmaydi, da’volash uchun amalga oshiriladiganda esa umumiy anesteziya qo’llaniladi. Gisteroskopiya orqali olingan yuqori sifatli rasmlar vositasida shifokor sog’liq bilan bog’liq bo’lgan mavjud muammolarning o’chog’ini aniqlashi va kerak bo’lsa boshqa jihozlar yordamida da’volashi mumkin.

Gisteroskopiyadan so’ng odatda 1 hafta davomida jinsiy aloqadan parhez qilib turish talab qilinadi. Bu muddatda to’qimalarning tuzalishi ta’minlanadi. Gisteroskopiyadan keyingi 1-oyda sun’iy urug’lantirish muolajasini olish mumkin bo’lib bu holat inson tanasidagi da’volangan sohaga va xususiyatlariga ko’ra farqli bo’lishi mumkin. Gisteroskopiyadan keyin qo’llanilgan sun’iy urug’lantirish muolajasi ko’pincha sog’lom tug’ish bilan yakunlanadi. Shunday qilib “Gisteroskopiyadan so’ng qachon sun’iy urug’lantirishni amalga oshirish mumkin?” degan savolga javob berilib, keyingi ko’p so’raladigan savolimiz “Laparoskopiyadan keyin qachon sun’iy urug’lantirishni amalga oshirish mumkin?” shaklida bo’ladi.

Laparoskopiyadan keyin qachon sun’iy urug’lantirishni amalga oshirish mumkin?

Laparoskopiyani xirurgik usul deb ta’riflash mumkin bo’lib, yopiq operatsiya yoki qonsiz operatsiya nomi bilan ham tanilgan. Ko’plab kasalliklar bilan birga ayollarga xos (ginekologik) kasalliklarning tashxisi va muolajasida laparoskopik jarrohlik usuliga murojaat qilinishi mumkin. Ayniqsa homilaning paydo bo’lishiga to’siqlik qiluvchi mioma, polip, tuxum hujayra kistasi kabi o’simtalarga qarshi qo’llaniladigan laparoskopiyadan so’ng ayol kishining homilador bo’lish ehtimoli ortadi. Bu ish yopiq usul bilan amalga oshirilganligi tufayli tuzalishi ochiq o’tkazilgan operatsiyaga nisbatan tezroq kechadi. Laparoskopiyadan so’ng sun’iy urug’lantirish uchun kutish kerak bo’lgan muddat o’tkazilgan operatsiya va inson tanasidagi operatsiya qilingan organga ko’ra o’zgarishi mumkin. Lekin bu muddatning o’rtacha 3-6 oy orasida ekanligini ayta olamiz.

Sun’iy Urug’lantirish Narxlari

Sun’iy urug’lantirish narxlari, muolaja o’tkazadigan markazlarga ko’ra o’zgaradi. Berilgan narxning sun’iy urug’lantirish muolajasining boshidan oxirigacha barcha etaplarini qamrab olishi yoki qamrab olmasligiga e’tiborni qaratish lozim. Shu bilan birga sun’iy urug’lantirish muolajasini amalga oshiruvchi mutaxassis shifokor kadrlarning bilim va tajribasi, kasalxonaning shart sharoitlari, tibbiyot xodimlarining mahorati kabi ko’plab omillar sun’iy urug’lantirish muolajasining narxini o’zgarishiga ta’sir qiladi.

Agar siz ham farzand ko’rish uchun yordamchi sun’iy urug’lantirish muolajasini amalga oshirmoqchi bo’lsangiz batafsil ma’lumot va narxlar haqida ma’lumot olish uchun 444 39 49 raqamli telefon orqali biz bilan bog’lanishingiz mumkin. Hayotingizda sog’liq tilaymiz.