BEMORLAR UCHUN SHAXSIY MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH VA HIMOYA QILISH BO‘YICHA MA’LUMOT MATNI

Bahçeci Sog‘liqni Saqlash Xizmatlari Aksiyadorlik Jamiyati (bundan buyon “Kompaniya” deb yuritiladi) ma’lumotlar nazoratchisi sifatida: Quyida ko‘rsatilgan usullar orqali olingan shaxsiy ma’lumotlaringiz,

  • siz bilan bo‘lgan tijorat munosabatlarimiz yoki biznes aloqalarimiz doirasida,
  • qayta ishlash maqsadiga muvofiq, u bilan bog‘liq, cheklangan va mutanosib tarzda,
  • siz tomonidan taqdim etilgan yoki bizga yetkazilgan shaxsiy ma’lumotlarning eng to‘g‘ri va eng so‘nggi holati asosida,

Qayd etilishi, saqlanishi, muhofaza qilinishi, zarur bo‘lganda qayta tartibga solinishi, vakolatli muassasalar bilan ulashilishi va 6698-sonli Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida Qonun (KVKK) doirasida belgilangan shartlarga muvofiq uchinchi shaxslarga mamlakat ichida o‘tkazib berilishi, devredilishi, tasnif etilishi va KVKK’da belgilangan boshqa usullar orqali qayta ishlanishi mumkinligi haqida sizni xabardor qilamiz.

QAYSI SHAXSIY MA’LUMOTLARINGIZNI QAYTA ISHLAYMIZ?

Siz bilan aloqa o‘rnatish yoki qonuniy majburiyatlarimizni bajarish maqsadida qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlaringiz quyidagilardan iborat:

Shaxsni aniqlashga oid ma’lumotlar

Biz bo’ysunadigan tegishli qonun hujjatlari, xususan, «Sog’liqni saqlash xizmatlari to’g’risida»gi qonun, reproduktiv yordam amaliyoti va reproduktivlikda yordamchi davolash markazlari to’g’risidagi nizom kabi qonuniy me’zonlar asosida mas’uliyatlarimizni ijro etish maqsadida sizning ism, familiya, tug’ilgan sana, kimlik ma’lumotlari kabi sizning shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatda yozilgan shaxsiy ma’lumotlaringizni olamiz va tizimimizga qayd qilamiz.

Bundan tashqari, masofaviy tibbiy xizmatlar ko‘rsatilgan taqdirda, shaxsingizni tasdiqlash hamda amaldagi qonunchilikdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish maqsadida, shaxsni tasdiqlovchi hujjatingiz yoki pasportingizda mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlaringiz masofaviy tibbiy xizmatlar jarayonlari doirasida qayta ishlanishi mumkin.

Aloqa ma’lumotlari

Siz bilan bog’lanish uchun sizdan yashash joyingiz, manzilingiz, telefon raqamingiz, elektron pochta manzilingiz kabi aloqa ma’lumotlarini so’raymiz va tizimga qayd qilamiz.

Moliyaviy ma’lumotlar

Biz o’rtamizdagi shartnomada belgilab o’tilgan ish va harakatlarni boshqarish hamda buxgalteriya hisoblarini amalga oshirish uchun bank hisobi ma’lumotlari, qo’llaniladigan muolajalar bo’yicha to’lov ma’lumotlari kabi moliyaviy ma’lumotlaringizni tizimimizga qayd qilamiz.

Maxsus darajadagi shaxsiy ma’lumotlar

Davolash xizmatlarini ko‘rsatish, masofaviy tibbiy xizmatlarni taqdim etish hamda ÜYTE qonunchiligi va Masofaviy tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi nizomdan kelib chiqadigan majburiyatlarimizni bajarish maqsadida, genetik test natijalari, sog‘lig‘ingiz va davolanish tarixingiz kabi maxsus toifadagi shaxsiy ma’lumotlaringiz Sizdan so‘raladi va qayta ishlanadi.

Vizual va audio ma’lumotlar

Kompaniya xavfsizligi va bemorlarning qoniqishini ta’minlash uchun biz sizning vizual va eshitish ma’lumotlaringizni, masalan, markazlarimizdagi xavfsizlik kameralaridagi tasviringiz va telefon qo’ng’iroqlari audio yozuvlarini olamiz va tizimimizga qayd qilamiz.

Masofaviy tibbiy xizmatlar doirasida o‘tkaziladigan video maslahatlashuvlar vaqtida ovoz yoki tasvir yozib olinmaydi, shuningdek, ushbu maslahatlashuvlarga oid foto yoki video yozuvlar yaratilmaydi. Biroq, masofaviy tibbiy xizmatlarni taqdim etish maqsadida maslahatlashuv o‘tkazilganligini tasdiqlovchi sessiya ma’lumotlari, ulanish qaydlari hamda amaldagi qonunchilikka muvofiq saqlanishi majburiy bo‘lgan operatsion qaydlar qayta ishlanishi mumkin.

 

 

Tarmoq va veb-saytga kirish ma’lumotlari

Kompaniyamizning elektron tizimlari va yozuvlarining xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, veb-saytimizda foydalanuvchi tajribasini rivojlantirish va takomillashtirish uchun biz markazlarimizda taqdim etilgan Internet tarmoqlariga kirishni ro’yxatga olish jurnallari, IP manzili, MAC ID kabi tarmoqqa kirish ma’lumotlarini olamiz va tizimimizga qayd qilamiz.

BIZ SIZNING SHAXSIY MA’LUMOTLARINGIZNI NIMA UCHUN VA QANDAY YO’L BILAN TO‘PLAYMIZ?

Davolash xizmatlarini ko‘rsatish va reproduktivlikda yordamchi davolash markazlari to‘g‘risidagi nizom qonunchiligidan kelib chiqqan holda qayd olish va xabardor qilish majburiyatlarini bajarish, tekshiruv va davolash, testlar va ular bilan bog‘liq boshqa qo‘shimcha jarayonlarni amalga oshirish, xizmatlarimiz va faoliyatimizni shu doirada davom ettirish maqsadida, qonunchilikda ruxsat berilgan bois siz bilan biz o‘rtasida shartnoma tuzish va shartnomadagi mas’uliyatlarni amalga oshirish uchun hamda tibbiy diagnostika, davolash va parvarish qilish xizmatlarini amalga oshira olishimiz uchun, sizdan og‘zaki yoki yozma ravishda, jismoniy yoki elektron aloqa vositalari orqali.

Kompaniya o‘zining veb-saytida foydalanuvchi tajribasini takomillashtirish va veb-sayt foydalanuvchilari trafigini baholash uchun biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni veb-saytimizda ishlatiladigan cookie fayllar orqali elektron shaklda to‘playmiz va har doim sizning asosiy huquq va erkinliklaringizni ushbu yo‘nalishdagi qonuniy manfaatlarimizdan ustun qo‘yamiz. Markazlarimizdagi internet tarmoqlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida ulanish vaqti, ushbu tarmoqlarga ulanishga oid qurilma turi kabi ma’lumotlar, tegishli elektron tizimlar xavfsizligini ta’minlashda qonuniy manfaatlarimiz asosida va asosiy huquq va erkinliklaringizni himoya qilish sharti bilan hamda ushbu doiradagi qonuniy majburiyatlarimiz asosida ma’lumotlaringizni olamiz.

Kompaniyamizning jismoniy xavfsizligini ta’minlash maqsadida va jismoniy makon xavfsizligini ta’minlashga doir qonuniy manfaatlarimiz asosida, markazlarimizdagi xavfsizlik kameralaridan olingan yozuvlar orqali vizual ma’lumotlaringizni to‘playmiz. Bundan tashqari, bemor qoniqishini ta’minlash va shikoyatlarni hal qilish maqsadida, kompaniyamizning tegishli bo‘limlari bilan olib borgan suhbatlaringizning audio yozuvlarini elektron shaklda to‘playmiz.

Biz irq, etnik kelib chiqish, siyosiy qarash, diniy yoki falsafiy e’tiqod kabi biz uchun zarur bo‘lmagan nozik ma’lumotlarni ataylab yig‘maymiz. Agar bunday ma’lumotlar boshqa ma’lumotlarni qayta ishlanadi va ma’lumot almashish jarayonlari doirasida bizga taqdim etilgan hujjatlarda yozilgan bo‘lsa (masalan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatga diniy ma’lumotlar kiritilgan bo‘lsa), biz hujjatning tegishli qismlarini qoraytirish usullarini qo‘llash orqali qayd etamiz.

To‘lov, to‘lovni qaytarish kabi buxgalteriya jarayonlari borasida esa qonuniy majburiyatlarimizni amalga oshirish uchun hamda o‘rtamizdagi shartnoma majburiyatlarini ijro etish uchun sizdan so‘ralgan bank hisob kabi ma’lumotlarni bizga jismoniy yoki elektron vosita orqali yuborishingizni talab qilamiz, qolaversa bunday ma’lumotlarni ham qayd etamiz.

Tajribalarimizni baham ko‘rish uchun, agar roziligingiz bo‘lsa, biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni roziligingiz asosida, bemor hikoyalari videolari va veb-saytimizga yuborgan sharh matnlari orqali to‘playmiz.

Masofaviy tibbiy xizmatlar ko‘rsatilgan taqdirda, masofaviy tibbiy xizmatlarni rejalashtirish va amalga oshirish, shaxsni tasdiqlash jarayonlarini bajarish hamda sog‘liqni saqlash xizmatlariga oid ro‘yxatga olish va xabardor qilish majburiyatlarini bajarish maqsadida zarur bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlaringizni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan vakolat berilgan Masofaviy sog‘liqni saqlash axborot tizimi (USBS) va tegishli elektron tizimlar orqali yig‘amiz.

SHAXSIY MA’LUMOTLARINGIZNI QAYTA ISHLASH MAQSADLARI

Biz yuqorida aytib o‘tgan shaxsiy ma’lumotlaringiz, sizga davolash xizmatlarini ko‘rsatish uchun;

  • Buxgalteriya standartlariga muvofiq shaklda tayyorlanishi va saqlanishi uchun, hamda
  • Bemorlarni ro‘yxatga olish jarayonlarini amalga oshirish,
  • Tekshiruv va davolash jarayonlarini rejalashtirish va amalga oshirish;
  • Tekshiruv va davolash jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan zaruriy testlar va qo‘shimcha protseduralarni rejalashtirish va amalga oshirish,
  • Hisob-faktura va to‘lov jarayonlarini amalga oshirish,
  • Bemor shikoyatlarini boshqarish va natijalantirish maqsadida amalga oshiriladi,
  • Agar sizning aniq roziligingiz mavjud bo‘lsa, kampaniyalar va e’lonlar kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tijorat elektron xabarlarini yuborish,

Qonun hujjatlarida belgilanganidek ma’lumotlarni qayta ishlash  faoliyatini amalga oshirish va qonuniy majburiyatlarni bajarish uchun:

  • Sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilik, Masofaviy tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi nizom va ÜYTE qonunchiligi doirasida zarur bo‘lgan ro‘yxatga olish, xabardor qilish hamda nazorat qilish majburiyatlarini bajarish.
  • Sud-huquqni muhofaza qiluvchi organlar qonuniy talablariga,

Binoan ma’lumotlarni baham ko‘rish hamda sizga taqdim etayotgan xizmatimizni eng a’lo darajada bajarish va takomillashtirish;

  • Sifat nazoratini amalga oshirish va xizmat sifatini oshirish;
  • Jismoniy makon va elektron tizimlar xavfsizligini ta’minlash;
  • Veb-saytni takomillashtirish;
  • To‘lov operatsiyalari xavfsizligini ta’minlash uchun amalga oshiriladi.

Bemorlarimiz o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlasha oladigan muhitni ta’minlash va Kompaniyamizning tanilish darajasini oshirish maqsadida, sizning ochiq roziligingiz mavjud bo‘lgan taqdirda:

  • Bemor hikoyalari o‘rin olgan videolarning veb-saytimizda va turli platformalarda ulashilishi,
  • Veb-saytimizda joylashgan blog yozuvlari kabi bo‘limlarda tashrif buyuruvchilarning izohlari ulashilishi mazkur maqsadlar doirasida qayta ishlanadi.

Shaxsiy ma’lumotlaringiz tegishli qonun hujjatlarida belgilangan yoki ular qayta ishlanishi maqsadi uchun zarur bo‘lgan maksimal muddat davomida hamda har qanday holatda ham qonunda nazarda tutilgan da’vo muddati davomida saqlanadi.

SHAXSIY MA’LUMOTLARINGIZNI UZATISH

Kompaniyamizning qonuniy majburiyatlarini ado etishi maqsadida, shaxsiy ma’lumotlaringiz, boshda ÜYTE Mevzuoti bo‘lib, ammo bu bilan cheklanmagan holda, boshqa tegishli mevzuat qoidalari ruxsat bergan va talab qilgan darajada, tegishli muassasa va tashkilotlar bilan baham ko‘riladi. Huquqiy nizolar doirasida yoki qonunga muvofiq talablar asosida, shaxsiy ma’lumotlaringiz Kompaniyaning birgalikda ishlaydigan advokatlik byurolari va advokatlari bilan, shuningdek, tegishli sudlar va sud organlari bilan baham ko‘riladi. Bundan tashqari, amalga oshirayotganimiz davolash jarayonlari doirasida zarur testlarning Kompaniya doirasida amalga oshirilmasligi holatida, bilgingiz doirasida, shaxsiy ma’lumotlaringiz Kompaniyaning birgalikda ishlaydigan va shartnomaviy munosabat ichida bo‘lgan laboratoriyalar va test markazlari kabi uchinchi shaxslar bilan baham ko‘riladi.

HUQUQLARINGIZ

Shaxsingizni tasdiqlash sharti bilan, KVKKning 11-moddasida belgilangan huquqlaringiz doirasida shaxsiy ma’lumotlaringiz bilan bog‘liq talab bilan bizga murojaat qilishingiz mumkin:

Murojaatingizda o‘rin olgan talablaringiz, talabning xususiyatiga ko‘ra, eng kechi bilan o‘ttiz kun ichida bepul ravishda yakunlanadi. Biroq, jarayon Kompaniya uchun qo‘shimcha xarajat talab qilgan taqdirda, Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish kengashi tomonidan “Ma’lumotlar nazoratchisiga murojaat qilish tartib va tamoyillari to‘g‘risida Tebliğ”da belgilangan tarifadagi to‘lov olinishi mumkin.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash bilan bog‘liq masalalarda murojaat qilish uchun, Kompaniyaning internet manzilida joylashgan murojaat shaklini to‘ldirish orqali yoki “Ma’lumotlar nazoratchisiga murojaat qilish tartib va tamoyillari to‘g‘risida Tebliğ”ning 5-moddasidagi shartlarga rioya qilgan holda, quyidagi shakllarda murojaat qilishingiz mumkin:

  • Yozma shaklda va imzolangan holda;
  • Ro‘yxatdan o‘tgan elektron pochta (KEP manzilingizdan jo’natadigan elektron pochta orqali)
  • Xavfsiz elektron imzo yoki mobil imzo bilan
  • Siz oldindan bizga ma’lum qilgan va bizning tizimimizga qaydlangan elektron pochta manzilingiz orqali Kompaniyamizga topshirishingiz mumkin.

Sizning so’rovingizning xususiyatiga va ariza topshirish usulingizga qarab, ma’lumotlaringizning aynan sizga tegishli ekanligini aniqlash va shu tariqa huquqlaringizni himoya qilish uchun qo’shimcha tekshirishlarni (ro’yxatdan o’tgan telefoningizga sms yuborish, qo’ng’iroq qilish kabi) amalga oshirishimiz mumkin. Misol uchun, agar siz Kompaniyada ro’yxatdan o’tgan elektron pochta manzilingiz orqali murojaat qilsangiz, biz siz bilan Kompaniyada ro’yxatdan o’tgan boshqa aloqa usulidan foydalangan holda bog’lanib, ariza sizga tegishli yoki yo’qligini tasdiqlashni so’rashimiz ham mumkin.

ALOQA MA’LUMOTLARI

BAHÇECI SOG ‘LIQNI SAQLASH XIZMATLARI AKSIYADORLIK JAMIYATI

Markaziy qayd raqami: 0131074353800029

Aloqa sayti: https://bahceci.com

Manzili: Barbaros mahallasi, Nidakule Kuzey Ataşehir, Begonya ko‘chasi, No: 3, ichki eshik No: 67, 34000 Ataşehir / Istanbul

Sizga qönğiroq qilaylik

Keling, sizga maslahat bermoqchi bo'lgan masalalar bo'yicha imkon qadar tezroq qo'ng'iroq qilaylik.

Sizga qönğiroq qilaylik

    © 2010 - 2026 Barcha huquqlar himoyalangan. | Dizayn va Qo‘llash
    Son güncelleme tarihi : 01.09.2026 17:48:19

    BEMORLAR UCHUN SHAXSIY MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH VA HIMOYA QILISH BO‘YICHA MA’LUMOT MATNI

    Sizga qönğiroq qilaylik

      Yoki bizga +90 549 842 75 36 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanishingiz mumkin.